Laboratoriya  ishi № 4.
Mavzu: Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari.

Ishning maqsadi: Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari bilan ishlash va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Kutilayotgan natija: Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari bilan ishlash va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi. 
Laboratoriya jihozlari: Tarqatma topshiriqlar,  kompyuterlar.
Ish rejasi:

Nazariy ma’lumotlar:
Veb-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob’ekt to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar faylidir. Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo‘lsa, veb saytlar esa o‘z navbatida sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi fayldir. Veb sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Veb-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o‘rgimchak to‘ri ma’lum axborotni topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo‘ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Veb portal tushunchasi. Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va x.k) ko‘rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin.
Veb saytlarning toifalari va vazifalari. Veb saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:

Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish. Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk tizimi,  FTP klient dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.
Ma’lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan veb saytdagi ma’lumotlarni Internet brouzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari  manzili. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi.
Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi.
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi:
http://www. sayt nomi. sayt soxasi. davlat kodi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot iblan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan.
Asosiy maqsadlari:

O‘tgan vaqt mobaynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ – 1041 – sonli qaroriga asosan “Qo‘shimcha modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi  Hukumat portalini  ishga tushirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1 oktyabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo‘yicha joylashtirildi.

4

Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish.
ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
ZiyoNET portali. ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, AT sohasida kerakli ma’lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchilar. ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ZiyoNet portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan,

ZiyoNet tarmog‘iga ulanish. Hukumat qaroriga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyoNET axborot ta’limiy tarmog‘i negizida birlashishlari kerak.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim markazi, Xalq ta’limi vaziriligi va Davlat test markazi veb saytlari va ulardan foydalanish.
Ushbu ta’lim vazirliklari saytlari o‘zlarida oliy ta’lim va uning faoliyati, oliy ta’lim muaasasalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va uning faoliyati, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari, xalq ta’limi va uning faoliyati, respublika maktablari, ta’limning me’yoriy hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mujassamlagan. Ta’lim muassasalari vazirliklari saytlari manzillari

Masofaviy ta’lim va uning ahamiyati.   Masofaviy ta’lim - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot texnologiyalardan fodalanilgan holda ta’lim berish mexinizmi.
Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta’lim soxasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim soxasidagi odatlari.
Masofaviy ta’lim modellari:
1) Birlamchi model;
2) Ikkilamchi model;
3) Aralashgan model;
4) Konsorsium;
5) Franchayzing;
6) Validatsiya;
7) Uzoqlashgan auditoriyalar;
8) Proektlar.

Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan veb saytlar va ularning ahamiyati.
Internetning ichki tahdidlari tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, bog‘lamalar va trafikni “chetlab o‘tish” yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning “ma’naviy” eskirib qolishi va boshqalar.

Adabiyotlar ro’yxati:
1. Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). Pearson. USA, 2014. 672-pages.
2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-pages
3. M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma- T.: “Noshir”, 2009 y.
4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. - Т.: Oʻqituvchi, 2011y.
5. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.
6. Эндрю ТаненбаумДэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство ПИТЕР 2012г. 960стр.